"Chelsi" Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi bilan aloqaga chiqdi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2026, 19:55
Ushbu transfer oynasida "Roma" va Fransiya terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Manu Kone "Chelsi" tarkibini to'ldirishi mumkin.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, London klubi 25 yoshli futbolchining agentlaridan biri bilan allaqachon aloqaga chiqqan. Qayd etilishicha, "Roma" o'yinchini jamoada saqlab qolish niyatida va hozircha transfer bo'yicha taklif olmagan.

"Chelsi" Enco Fernandesning "Manchester Siti"ga ehtimoliy ketishi fonida Konega qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 50 mln evroga baholamoqda.

Kone o'tgan mavsum rimliklar safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. Shuningdek, u JCH-2026 da Fransiya terma jamoasining 5 ta o'yinida maydonga tushdi, shulardan 4 tasida boshlang'ich tarkibda o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano