Loris argentinaliklarning baqiriqlari haqida: "Bu Fransiya xalqiga jiddiy hujum"

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2024
Ugo Loris argentinalik futbolchilarning Fransiya terma jamoasi haqidagi baqirig'ini qoraladi.

Argentinaliklar Kopa Amerikadagi g'alabani tantana qilayotganda Fransiya terma jamoasi futbolchilari haqida haqoratli baqiriqni kuylashdi: "Fransiya uchun o'ynashadi, ammo bari Angoladan. Ularning onasi - nigeriyalik, otasi - kamerunlik, ammo pasportda "francuz". Ushbu so'zlar Enco Fernandesning jonli efirida ishitilgan.

"G'alabadan eyforiyada ekanligingiz bahona bo'lolmaydi. G'olib bo'lish ham katta mas'uliyat.

Futbolda bunday narsalarni eshitish yoqimsiz. Biz hammamiz irqchilikka qarshi kurashamiz. Bu xato deb umid qilaman. Hammamiz ham xato qilamiz, xulosa chiqaramiz.

Hozir ular (Argentina terma jamoasi) nafaqat Janubiy Amerika, balki dunyo futboli yuzi hisoblanishadi. So'nggi 4-5 yildagi natijalari uchun ular maqtovlarga loyiq. Ammo g'alabadan so'ng namuna bo'lishingiz kerak, ayniqsa bolalar uchun.

Bu Fransiya xalqi tomon jiddiy hujum bo'ldi, ayniqsa ajdodlari Afrikadan bo'lgan oilalar uchun" - dedi Fransiya terma jamoasi sobiq sardori.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC