

Eslatib o'tamiz, 28 oktyabr tongida Los-Ebenes va Urda municipalitetlari oralig'idagi yo'lda ikkita tezyurar poezd to'qnashib ketdi, oqibatda ulardan birining ikkita vagoni relsdan chiqdi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, halokat tufayli 50 kishi halok bo'lgan, kamida 179 kishi jarohat olgan. To'qnashgan poezdlarda jami 544 nafar yo'lovchi bo'lgan.
"Hurmatli Oskar Puente (Ispaniya transport vaziri - tahr.), tvitterni yig'ishtirib qo'yib, biz sizga maosh to'layotgan ishga e'tibor qaratadigan vaqt kelmadimi?
O'rtada insonlar hayoti turar ekan, transport vaziridan kamida mas'uliyat, jiddiylik, xavfsizlik haqida qayg'urish va hurmat talab qilinishi kerak.
O'z burchlarini bajarishdan ko'ra ijtimoiy tarmoqlardagi bahslarda 13 yoshli o'smirlardek g'olib chiqish qiziqroq tuyuladigan siyosatchilardan charchadik.
Tvitter - bu sizning ishingiz emas. Sizning ishingiz - jamoat transporti, xavfsizlik va nimadir noto'g'ri ketganida oqibatlar uchun mas'uliyatni bo'yniga olish. Shu paytgacha bu borada mutlaqo dahshatli darajada ishladingiz, lekin odatdagidek, aybni boshqalarga to'nkaysiz. Mayli, sirk davom etaversin", - deb yozdi Lorente o'zining Instagram sahifasidagi storisda.



