JCH-2026da o'ynagan 25 yoshli futbolchi hayotdan ko'z yumdi

11 iyul 2026, 18:15
“Mamelodi Sandauns” va JAR terma jamoasi yarim himoyachisi Jeyden Adams 26 yoshida vafot etdi.

Futbolchining o'limi sabablari rasman oshkor etilmagan.

Adams milliy terma jamoa tarkibida joriy yilgi jahon chempionatida ishtirok etdi. U guruh bosqichida uchta o'yin o'tkazdi, ammo Kanadaga qarshi 1/16 final o'yinida maydonga tushmadi. 

U Janubiy Afrika terma jamoasi safida jami to'qqizta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. "Stellenbos" klubi tarbiyalanuvchisi 2025 yilda "Mamelodi Sandauns"ga o'tgan. 

Futbolchi o'tgan 2025/26 yilgi mavsumda Janubiy Afrika terma jamoasi tarkibida Afrika Chempionlar Ligasi g'olibiga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Soccer Laduma