

- O'yin haqida fikringiz?
- Jangovor voha derbisi guvohi bo'ldik. Bahs taqdirini standart vaziyatlar hal qildi. To'p bilan ko'proq muomala qilgan bo'lsak-da, tajriba yetishmasligi tufayli mag'lubiyatga uchradik. "Sho'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman.
- Ilhom Alijonov almashtirilishi sababi nimada?
- Alijonov tajribali himoyachilardan. Har tomonlama yaxshi o'ynab turgandi, biroq jarohat olgani uchun almashtirdik. Standart vaziyatlarda yaxshi harakat qilishini bilamiz. Ilhom bosh bilan yaxshi o'ynaydi. Ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizda uning yo'qligi bilindi.
- Jamoangiz "Sho'rtan"ga qarshi raqibning qaysi jihatlarini inobatga olgan holda tayyorgarlik ko'rgandi?
- "Sho'rtan"ni yaxshi bilganimiz bilan alohida hozirlik ko'rishga vaqt bo'lmadi. Yaqinda Nukusdan kelib futbolchilarga bir kun dam berdik. Shundan so'ng qisqa muddat mashg'ulot o'tkazib, ushbu bahsga tayyorgarlik ko'rdik.
- Jamoangiz himoyasi o'z darajasida harakat qildimi?
- E'tibor bergan bo'lsangiz, "Sho'rtan" deyarli hujum qila olmadi. Menga 70 foiz to'p bilan muomala jamoamizda bo'lganini aytishdi. Havodagi kurashlarda ham yaxshi harakat qildik. Faqat standart vaziyatlardagi ikkita xato golga olib keldi.
- O'yin boshlanish vaqti 16:30ga belgilandi. Bu vaqtli emasmi?
- Uchrashuvlar vaqtini biz belgilamaymiz, buni PFL hal qiladi. Agar kechroq bo'lsa biz uchun ham yaxshi bo'lardi. Issiqda to'p tepish qiyin, bugun har ikki jamoa ham qiynaldi. Muxlislar ham chiroyli futbol ko'rish uchun stadionga keladi.
- Stadionda yoritish tizimi bo'yicha muammo yo'qmi?
- Bilishimcha, yoritish talab darajasida bo'lsa kerak, yanayam anig'ini bilmadim.



