

"U endigina safga qaytdi. Uch kundan keyin esa YCHLda o'yin bor. Neymar esa xotirjam bo'lishi kerak, ammo u bunday qilmayapti.
Neymar raqiblarini, jamoadoshlarini hurmat qilmaydi. Unda intizom yo'q. 29 yoshda, yiliga 30 mln evro maosh oladi. Ammo o'zini kiborli insonlar kabi ko'rsatmaydi. Balki uni jazolash kerakdir", - dedi Lizarazyu.
Ushbu mavsumda 29 yoshli Neymar PSJ tarkibida 20 o'yinda 13 gol va 6 assist qayd etdi.



