"Andijon" "Neftchi"ga gol ura olmayapti, "Nasaf" yana "Paxtakor" oldida ojiz, Berdievda 500-o'yin - 17-tur faktlari

Iskandarov Abdulaziz
17 avg 2026, 13:20
O'zbekiston Superligasining 17-turi rang-barang voqealarga va kutilmagan natijalarga boy kechdi.

Ayrim jamoalar ko'p yillik noqulay ananalarga chek qo'ygan bo'lsa, boshqalari uchun safardagi mag'lubiyatsiz yurishlar davom etdi. Quyida yakunlangan turning eng muhim raqamlari va e'tiborga molik statistik faktlarini havola etamiz.


- "So'g'diyona" 4 yildan so'ng yana "Surxon"ni safarda mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Jizzaxliklar oxirgi marta 2022 yilda raqib maydonidan 3 ochko bilan qaytgan edi. Termiz klubi mezbon maqomidagi bundan avvalgi 3 ta bahsda 1:0, 1:0, 2:1 hisoblarida ustun kelgan.

- "Surxon"ning o'z maydonidagi g'alabasiz seriyasi 4 ta o'yinga etdi. Anvar G'ofurov shogirdlari o'z maydonidagi yakuniy muvaffaqiyatini 22 aprel kuni "Mashal"ga qarshi bahsda nishonlagandi.

- "Andijon" o'zaro to'qnashuvlarda ketma-ket 5 ta bellashuvdan beri "Neftchi" darvozasiga yo'l topa olmayapti. "Burgutlar"ning bu boradagi avvalgi natijali urinishi 2024 yilgi mavsumga to'g'ri keladi (2:2).

- Farg'onaliklarning "Andijon" ustidan safardagi zafarli seriyasi 4 ta o'yinga etdi. Andijonliklar ilgari 2016 yili o'z maydonida "Neftchi"dan 3 ochko tortib olishgan edi.

- Islom Ismoilov jamoasi joriy mavsum Superligada mehmonda eng ko'p ochko jamg'arib turibdi va begona maydondagi birorta bahsda imkoniyatni boy bermadi: 8 ta o'yin, 6 g'alaba, 2 durang, 20 ochko, to'plar nisbati 18:1.

4.jpg



- Bu yil safarda g'alaba qozonmagan 2 ta jamoa qoldi: "Qo'qon-1912" va "Mashal". Muborakliklar mehmon maqomidagi barcha 9 ta o'yinda mag'lub bo'lgan bo'lsa, Qo'qon jamoasi 9 ta bahsda 4 ochko jamg'ara oldi.

- "Buxoro" 7 yil o'tib o'z maydonida OKMKni engdi. Klub ilgari 2019 yili bu vazifani uddalagan edi (2:1).

- "Buxoro"ning o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 4 ta o'yinga etdi. Jamoa uydagi oxirgi mag'lubiyatini shu yilning 22 aprel sanasida "Paxtakor"dan tan olgandi (0:1). Shundan so'ng Xomyakov shogirdlari "So'g'diyona" (2:1), "Bunyodkor" (1:0), "Lokomotiv" (2:1) va OKMK (2:0) jamoalari bilan bahslarda zafar quchdi.

- "Bunyodkor"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 7 ta o'yinga etdi. "Qaldirg'ochlar" avvalroq 29 aprel kuni o'z maydonida "Navbahor" ustidan zafar quchgan edi.

- "Xorazm" Superliga doirasida "Dinamo"ni safarda yuta olmayapti. Samarqandda kechgan o'zaro o'yinlarning barchasida "Dinamo"ning qo'li baland kelgan (9 o'yin, 6 g'alaba, 3 durang).

6.jpg



- "Lokomotiv" uchun "Qo'qon-1912" noqulay raqibligicha qolmoqda. "Temiryo'lchilar" ketma-ket 6 ta o'yindan beri "shunqorlar"ni enga olishmayapti. Toshkent klubi raqibini ilgari 2020 yili yutgan (1:0). Keyingi 6 ta to'qnashuvda 2 ta durang va 4 bor qo'qonliklar g'alabasi qayd etilgan.

- "Qo'qon-1912"ning Superligadagi 5 o'yinlik g'alabasiz yurishiga bu tur barham berildi. Andrey Shipilov shogirdlari bundan avval 3 may kuni uyda "Bunyodkor"ni mag'lub etgandi (1:0).

7.jpg



- Ro'ziqul Berdiev Superliga doirasida 4 ta o'yindan beri Kamoliddin Tojiev boshchiligidagi "Paxtakor"ni mag'lub eta olayotgani yo'q. "Ajdarlar" ushbu raqibni 2024 yilning ikkinchi davrasida taslim qilishgan edi.

- Ro'ziqul Berdiev kecha "Nasaf" bosh murabbiyligidagi 500-uchrashuvini o'tkazdi.

- "Paxtakor" bu mavsumda mehmondagi o'yinlarda mag'lubiyat mag'lubiyat nimaligini bilmayapti: 6 g'alaba, 2 durang.

- Koffi Kuao "Neftchi" safidagi debyut uchrashuvidayoq o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

5.jpg

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif