"Bavariya" Bundesliganing 3-turida "Elversberg"ni mag'lub etdi

Administrator
13 sen 2026, 22:46
Germaniya Bundesligasi 2026/2027 yilgi mavsumi 3-turidan o'rin olgan "Elversberg" va "Bavariya" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Myunxenliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Bellashuv Shpizen-Elversberg shahridagi "Ursafarm-Arena an der Kayzerlinde" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvni bosh hakam Sasha Shtegeman boshqarib bordi.

26-daqiqada Lennart Karl myunxenliklarni oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada Moris Krattenmaxer hisobni tenglashtirdi. 72-daqiqada esa Garri Keyn g'alaba golini urdi.

"Elversberg” – “Bavariya" 1:2

Gollar: 0:1 Karl – 26, 1:1 Krattenmaxer – 61, 1:2 Keyn – 72.

Ushbu o'yindan so'ng "Elversberg" olti ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. "Bavariya" esa etti ochko bilan to'rtinchi qatordan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia