"Liverpul" Varelaga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
20 noya 2026, 13:35
"Liverpul" "Monca"ning 21 yoshli hujumchisi Gushtavu Varelaga qiziqish bildiryapti.

Bu haqda “Corriere dello Sport” ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi har hafta 21 yoshli portugaliyalik futbolchi ishtirokidagi o'yinlarga skautlarini yubormoqda. Shuningdek, "Tottenxem", "Brentford" va "Sanderlend" klublari ham Varela bo'yicha ma'lumot so'ragan.

Bunda "Benfika" hujumchining keyingi sotuvidan tushadigan mablag'ning 20 foizini olish huquqiga ega.

Varela joriy mavsum A Seriya to'purarlari ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda. Uning hisobida 10 o'yinda 9 ta gol va 1 ta golli uzatma mavjud. Portugaliyalik futbolchining "Monca" bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 5 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport