

Terma jamoamizning 35 yoshli futbolchisi Ilyos Mallaev Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy saytiga bergan intervyusida yirik hisobdagi mag'lubiyat va navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik haqida fikr bildirdi.
"Musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqtimiz kam bo'ldi. Albatta, turnirni bunday boshlashni istamagandik. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarda yaxshiroq natija ko'rsatamiz.
Bu uchrashuvni tayyorgarlik o'yini sifatida qabul qilib, undan saboq olamiz. Murabbiy BAAga qarshi bahsda yangi strategiyani sinab ko'rish haqida aytib o'tdi", – dedi Mallaev.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi 2023 yildan buyon ilk bor sohil futboli bo'yicha Osiyo Kubogida ishtirok etmoqda. Hamyurtlarimiz bilan bir guruhdan o'rin olgan O'mon o'tgan yilgi musobaqa finalchisi hisoblanadi.



