Liverpul sardori kelajagi haqida gapirdi: "Aks holda boshqa joyga ketaman"

Iskandarov Abdulaziz
11 noya 2026, 08:30
"Liverpul" klubi himoyachisi va sardori Virdjil van Deyk ingliz klubidagi kelajagi bo o'z munosabatini bildirdi.

Niderlandiyalik futbolchi shartnomasi yakuniga yetib borayotganiga xotirjam qarayotganini ta'kidladi.

“O'zimni a'lo his qilyapman, ammo gap hozir men haqimda emas. Ko'ramiz. Men aslo vahimaga tushmayapman. O'ynashni va o'z ishimni davom ettirishni xohlayman. Bu mavsum nimalarni olib kelishini kutamiz. Hozircha vaqtim juda yaxshi o'tmoqda. Agar bu davom etsa - demak, shunday bo'ladi. Aks holda esa boshqa joyga ketaman. Ayni paytda ma'lum qilishga hech qanday yangilik yo'q, biroq bu menda qandaydir stress yoki shunga o'xshash holat bor degani emas, - deya van Deykning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Ma'lumot o'rnida, jarohat sababli Virdjil van Deyk Niderlandiya terma jamoasining UEFA Millatlar ligasidagi oldinda turgan o'yinlarini o'tkazib yuborishga majbur bo'lmoqda. Futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Sky Sports