"Liverpul" Senesini nishonga oldi

4 apr 2026, 12:01
"Liverpul" 28 yoshli argentinalik himoyachi Markos Senesi bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

Manbalarning ma'lum qilishicha, mersisaydliklar Ibrohim Konate yozda tugaydigan amaldagi shartnomasini uzaytirgan taqdirda ham himoya markaziga futbolchi qidirmoqda. Insayderlarning takidlashicha, "Liverpul” allaqachon Senesining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Avvalroq, futbolchiga "Barselona”, "Yuventus” va ”Chelsi" da'vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Senesi "Feenoord"dan keyin 2022 yildan beri "Bornmut"da o'ynamoqda. Bu mavsumda himoyachi klub safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk