

Sport.es xabariga ko'ra, narxi baland 23 yoshli fransiyalik futbolchi sport direktori Deku va bosh murabbiy Xansi Flik tomonidan maqullangan.
Jyul Kundening kelajagi borasidagi noaniqlik va Arauxoning 55 million evroga sotib olish huquqi bilan "Liverpul"ga ijaraga o'tishi ortidan kataloniyaliklar mudofaa chizig'ini zudlik bilan qayta qurishga majbur bo'lishmoqda.

"Barselona"ning Lukebaga bo'lgan qiziqishi yangilik emas - klub shu yozdayoq francuz himoyachisi bo'yicha dastlabki muzokaralarni o'tkazishga ulgurgan. Ammo kurash juda shiddatli bo'lishi kutilmoqda: Lukeba kabi chap ayoqli markaziy himoyachilar bozorda juda xaridorgir hisoblanadi va unga "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Liverpul" hamda "Tottenxem" ham ko'z tikayotgani aytilmoqda.
"Leyptsig" esa o'z yosh yulduzini osonlikcha qo'yib yubormoqchi emas, biroq nemis OAV ma'lumotlariga ko'ra, klub 80-90 million evrodan kam bo'lmagan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.



