

“Manchester Siti” - “Brentford” 3:0
Gollar: 60 - Jeremi Doku, 75 - Erling Holand, 90+2 - Omar Marmush
“Manchester Siti”: 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateus Nunesh, 33. Niko O'Rayli, 15. Mark Gexi, 6. Natan Ake, 11. Jeremi Doku (26. Savio, 90+1’), 20. Bernardu Silva, 42. Antuan Semeno, 4. Teyani Reynders (47. Fil Foden, 60’), 10. Rayan Sherki (7. Omar Marmush, 60’), 9. Erling Holand.
Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 3. Ruben Diash, 5. Jon Stounz, 21. Rayan Ait-Nuri, 8. Mateo Kovachich, 14. Niko Gonsales.
“Brentford”: 1. Kivin Kellexer, 22. Neytan Kollinz, 20. Kristoffer Aer, 2. Aaron Xiki (27. Vitali Yanelt, 62’), 33. Mikael Kayode, 18. Egor Yarmolyuk (6. Jordan Xenderson, 79’), 8. Matias Yensen, 23. Kin Lyuis-Potter, 24. Mikkel Damsgor (19. Dango Uattara, 69’), 7. Kevin Shade, 9. Igor Tyago.
Zaxira: 12. Xaukon Rafn Valdimarsson, 4. Sepp van den Berg, 5. Itan Pinnok, 10. Josh Dasilva, 11. Reyss Nelson, 47. Kay Furo.
Ogohlantirishlar: 36 - Bernardu Silva, 74 - Niko O'Rayli, 80 - Kristoffer Aer, 88 - Jordan Xenderson, 88 - Mateus Nunesh, 90+5 - Omar Marmush
🕛 90+6. O'yin yakunlandi!
90+4. Tyagoning bosh bilan yo'llagan zarbasini Donnarumma qaytardi! Muhim seyv!
90+3. O'yin masalasi hal, ammo “Siit” to'plar nisbatini yaxshilash uchun oldinga borishi aniq.

⚽️ 90+2. GOL! Marmush hisobni yiriklashtirmoqda! Savino boshlagan hujumni Holand davom ettirdi, uning uzatmasidan so'ng Omar gol urdi!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
84. Holand oldinga yurish qilib Marmushga to'pni uzatdi, biroq “Brentford” himoyachisi yaxshi harakat qilib, to'pni maydondan chiqarib yubordi.
82. Kellexer!!! Dokuning chapdan uzatmasidan so'ng Foden darvozaga zarba yo'lladi, Kivin ajoyib seyv bilan, jamoasini goldan asrab qoldi!
80. Fodenning jarima zarbasidan uzatmasini darvozabon ushlab oldi.
76. Hali kurash davom etadi, ikki jamoa ham tinmaydi.

⚽️ 75. GOL! Holand hisobni ikkitaga oshirdi! “Brentford” jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan so'ng Erling ajoyib tarzda gol urdi!
73. Dokudan yana bir zarba! To'p rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
72. Holat VARda ko'rildi, hamma joyida, o'yin davom etadi.
71. Tyago o'ziga uzatib berilgan to'pni sherigiga uzatdi, Shade yiqildi, biroq bosh hakam bu vaziyatda qoidabuzarlik bo'lmaginini bildirdi.
67. Foden darvozaga yaqin joydan turib zarba berdi, Kellexer to'pni qaytarib yubormoqda!
65. Yana Doku faol, biroq bu safar raqib futbolchilari yaxshi harakat qilib to'pni olib qo'ydi.
61. Bo'ldi, “Siti” boshlab oldi. Buyog'iga mehmonlar ham faollikni oshirsa kerak.

⚽️ 60. GOL! Doku hisobni ochdi! Jeremi to'pni o'ziga to'g'rilab olib zarba berdi va gol urdi!
55. Jijji!!! Tyago jarima maydonchasiga kirib borib zarba yo'lladi, Donnarumma qiyinchilik bilan to'pni qaytardi!
54. Semenoning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi.
53. Uchrashuv tempi yuqori emas, TVda ko'rsatilayotgan kadrlarda stadionda o'tirgan muxlislar ham zerikayotgani ko'rinmoqda.
47. Sherkining zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
🕘 45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
39. Sherki jarima zarbasini amalga oshirdi, to'p sherigiga tegib qaytdi. Ikkinchi tempda davom etgan hujumda Doku tepdi, rekoshetga uchrab maydondan chiqib ketdi to'p.
34. “Shaharliklar” uzoqdan zarbalar bermoqda endi, ammo bulardan naf chiqmayapti.
29. Bernardu Silvaning zarbasi anchagina noaniq ketdi.
28. Erling!!! Dokuning uzatmasidan so'ng norvegiyalik futbolchi zarba berdi, Kellexyerdan seyv!
26. Holandning navbatdagi zarbasi aniq bo'ldi, darvozabon ushlab oldi.
23. Reyndersning zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi.
20. Holandning boshi bilan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
19. Bernerduning “trivella” zarbasi noaniq bo'ldi.
15. Yensen jarima zarbasidan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, Donnarumma qiyinchilik bilan to'pni qaytarib yubordi.
9. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda, ikki jamoa ham hujumlar tashkil qilish harakatida.
3. Doku chap qanotdan yurish qilib darvoza tomon zarba berdi, Kellexer qaytarib yubordi.
⚽️ 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APL 36-tur doirasidagi “Manchester Siti” - “Brentford” uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishga taklif etamiz.



