

"Finaldan keyin o'tgan vaqt mobaynida, uzoq o'ylanganimdan so'ng, hammaga shuni ma'lum qilmoqchimanki, men milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayapman... Bu og'riqli qaror, lekin men hozir eng to'g'ri vaqt ekanligini tushunib turibman. Qasam ichamanki, men har doim bor kuchimni berganman, nafaqat biz hamma narsani yutgan so'nggi yillarda, balki undan oldin ham. Men har doim kurashganman va bu libos uchun borimni berganman, sizlarga quvonch ulashish va futbol orqali argentinalik ekanligingizdan faxrlanishingizni taminlash uchun harakat qilganman. Vaqt oz qoldi, kitob boblari yopilmoqda va so'nggi bob menga qattiq og'riq beryapti. Men milliy terma jamoada bo'lishni yaxshi ko'rardim, yaxshi ko'raman va doim shunday bo'lib qoladi. Bor kuchimni berdim; endi beradigan hech narsam qolmadi, qolaversa, ortimdan juda iqtidorli yosh o'yinchilar kelmoqda, ular u yerda bo'lishga loyiq. Bu 20 yil davomidagi barcha muhabbat uchun rahmat.
Endi men sizlardan biri bo'laman, har doim sizlarni chetdan turib qo'llab-quvvatlayman (ham yaxshi, ham yomon kunlarda, ayniqsa). Oila a'zolarimga har doim yonimda bo'lganlari, bu go'zal, ammo qiyin yo'lda hamrohlik qilganlari uchun rahmat. Men bilan birga bo'lish baxtiga muyassar bo'lgan har bir murabbiy, jamoadosh va menejerlarga rahmat. Men o'zim bilan unutilmas xotiralar va lahzalarni olib ketyapman. Sizlarga va jamoadoshlarimga ertaknamo lahzalarni hadya etganimdan xotirjamlik va g'urur tuyg'usi bilan ketyapman. Bularning barchasini sizlar bilan birga boshdan kechirish aql bovar qilmas edi.
Sizlarni yaxshi ko'raman! Meni argentinalik qilganing uchun senga rahmat, Xudoyim. Olg'a, Argentina!
Men bu so'zlarni 21 iyul kuni, finaldan ikki kun o'tib yozgan edim. Otam bilan sodir bo'lgan voqeadan keyin esa, bunga yanada ko'proq amin bo'ldim", - deb yozdi Messi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Argentina terma jamoasi tarkibida Messi 2022 yilgi jahon chempioni, 2021 va 2024 yilgi Amerika kubogi sohibi, 2022 yilgi Finalissima g'olibi va 2008 yilgi Olimpiada chempioni.



