Liga 1. Mbappe zaxiradan tushgan o'yinda PSJ "Nant"ni mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
18 fev 2024, 03:03
Liga 1 22-turi doirasidagi bahs yakunlandi.

Unda PSJ ishonchli g'alabaga erishdi. Shu tariqa, Luis Enrike jamoasi ketma-ket 18 ta o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmayapti – 14 ta g'alaba, 4 ta durang.

Fransiya chempionati

22-tur

Nant – PSJ 0:2

Stad lya Bojuar

Gollar: 0:1 – 60 Ernandes, 0:2 – 78, penalti Mbappe.

Nant – Deskam, Pallua, Kastelletto, Zeze, Kocca, Sissoko (Mutussami, 79), Chirivelya, Duglas, Koko (Ablin, 79), Kadevere (Traore, 62), Muhammad(Saymon, 74).

PSJ – Donnarumma, Markinos (Lukas Beraldo, 70), Danilu Pereyra, Ernandes, Ugarte, Vitinya, Zair-Emeri, Li Kan In (Dembele, 61), Asensio (Mbappe, 62), Barkolya (Gonsalu Ramush, 46), Kolo-Muani (Xakimi, 62).

Ogohlantirish: Sissoko (77).

Turnir jadvali


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia