“Manchester Siti” Rodri bo'yicha ilk taklifni rad etdi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2026, 19:45
“Barselona” Rodrining transferi bo'yicha ilk qadamni tashladi, ammo hozircha Manchester Siti bilan kelishuvga erishishning iloji bo'lmadi.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, Kataloniya klubi 30 yoshli yarim himoyachi uchun taxminan 45 million evro taklif qilgan, ammo Angliya tomoni bu summani etarli emas deb hisoblagan. “Shaharliklar” yetakchilaridan biri uchun taxminan 75 million evro olmoqchi.

Rad javobiga qaramay, “Barselona” muzokaralardan chiqib ketish niyatida emas. Klubda allaqachon yangi taklif tayyorlanmoqda, Rodrining o'zi esa kataloniyaliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib olgani aytilmoqda.

Ispaniyalik futbolchi o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 21 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 5 ta uchrashuv bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen