

62 yoshli murabbiyning tayinlangani haqida Qozog'iston futbol federatsiyasi e'lon qildi.
Nurbol Jumaskaliev assistent sifatida milliy terma jamoa murabbiylar shtabidan o'rin oldi.
Jon van ’t Shkip futbolchilik faoliyati davomida Amstyerdamning “Ayaks” hamda Italiyaning “Jenoa” jamoalarida to'p tepgan, shuningdek, Niderlandiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Terma jamoa tarkibida 1988 yilgi Yevropa chempioni bo'lgan.
Murabbiylik faoliyati davomida Gretsiya va Armaniston terma jamoalarini boshqargan, shuningdek, Niderlandiya milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.
U Qozog'iston terma jamoasi boshqaruvi ishonib topshirilgan niderlandiyalik ikkinchi mutaxassis bo'ldi. Bundan oldin 2006 yildan 2008 yilgacha milliy terma jamoani Arno Paypers shug'ullantirgandi.
Terma jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Talgat Baysufinov bir muddat avval o'z xohishiga ko'ra lavozimini tark etgan edi.
Qozog'iston terma jamoasi van ’t Shkip qo'l ostidagi ilk rasmiy o'yinini 26 sentyabr kuni Millatlar Ligasi doirasida Farer orollariga qarshi o'tkazadi.



