Saudiya Arabistoni grandlari "Barselona" lideriga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2026, 11:35
"Barselona" vingeri Rafinya tez orada sayyoradagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanishi mumkin.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Saudiya Arabistonining ikki klubi "Barselona"ning 29 yoshli futbolchisiga juda foydali shartnoma taklif qilishga tayyor.

2.jpg

"Al Hilol" va "Al Nassr" klublari "ko'k-anorranglilar"ning moliyaviy qiyinchiliklaridan foydalanib, Rafinya uchun 80 million evrolik taklif bilan chiqib, uning hozirgi maoshidan to'rt baravar ko'p maosh vada qilmoqda.

Futbolchining o'zi hali aniq javob bermadi, chunki uning "Barselona" bilan shartnomasi bor. Biroq ikkala tomon ham Jahon chempionatidan keyin muzokaralarga qaytadi.

Rafinyaning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi va Transfermarkt hozirda uning transferini 70 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo