

Angliya klubi 18 yoshli darvozabon Jek Raddi bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
Yosh posbon Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Jon Raddining o'g'li hisoblanadi. Bir necha hafta avval Jek “Norvich” akademiyasini tark etgandi, shundan so'ng u Koventri safiga borib qo'shildi.

E'tiborli jihati shundaki, Lempard uning otasini juda yaxshi taniydi. 2012 yilda Frenk va Jon Raddi Angliya terma jamoasida birgalikda to'p tepishgan hamda Italiyaga qarshi kechgan va inglizlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishgandi. Ushbu o'yin Raddi uchun milliy terma jamoadagi yagona uchrashuv bo'lib qolgan.
39 yoshli Jon Raddi “Norvich”, “Vulverxempton” va “Nyukasl” kabi klublardagi ishtiroki bilan mashhur. O'tgan mavsum yakunlangach, uning “qarg'alar” bilan shartnomasi nihoyasiga etdi va darvozabon klubni tark etdi.



