LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Koventri Siti" 1:0 (matnli translyatsiya)

5 sen 2026, 19:00
APL 3-tur doirasidagi uchrashuvning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

"Manchester Siti" - "Koventri Siti" 1:0

Gollar: 26 - Erling Holand

“Manchester Siti”: 1. Janluiji Donnarumma, 45. Abduqodir Husanov, 3. Ruben Diash, 6. Mark-Izrael Gexi, 24. Yoshko Gvardiol, 17. Enco Fernandes, 5. Elliot Anderson, 42. Antuan Semeno, 7. Iliman Ndiaye, 9. Erling Holand, 10. Rayan Sherki.

Zaxira: 28. Xeronimo Ruli, 27. Mateus Nunesh, 32. Ayyub Buaddi, 8. Mateo Kovachich, 21. Rayan Ait-Nuri, 47. Fil Foden, 82. Riko Lyuis, 56. Rayan Makaydu.

“Koventri Siti”: 19. Karl Rashvort, 4. Bobbi Tomas, 27. Milan van Eveyk, 24. Orel Amenda, 3. Jey Dasilva, 2. Itan Pinnok, 6. Mett Graymz, 16. Frenk Oneka, 5. Jek Rudoni, 10. Efron Meyson-Klark, 14. Tayvo Avoniyi.

Zaxira: 25. Deniel Bentli, 7. Tacuxiro Sakamoto, 8. Kaleb Yirenki, 22. Joel Latibode, 29. Viktor Torp, 38. Gustavo Xamer, 9. Ellis Simms, 18. Lum Chauna, 23. Brendon Tomas-Asante.

Ogohlantirishlar: 19 - Milan van Eveyk

58. Holand gol urdi, biroq bu holatda offsayd bo'lgan ekan.

55. Sherkining ajoyib harakatlaridan so'ng Ndiaye yaxshi vaziyatga ega bo'lgandi, ammo darvozaga zarba berolmadi.

48. Ndiaye bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Erling darvozabon bilan birga-bir chiqib borib, zarba berdi, Rashvortdan seyv!

42. Encodan navbatdagi zarba, bunisi noaniq bo'ldi.

35. Enconing ketma-ket yo'llagan ikki zarbasiga raqib himoyachilariga “blok” qo'ya oldi.

28. Yana “Siti” oldinga o'tmoqda: Gvardiolning chapdan erlatib uzatgan to'pini raqib himoyachilari qaytarib yuborishdi.

27. Gol ko'rdik o'yinda, endi “Koventri” ham faollikni oshirsa kerak.

gettyimages-2293655384-2048x2048.jpg

26. GOL! Holand hisobni ochdi! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Erling boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi!

24. Rudonining darvozaga yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Janluiji qaytarmovqda!

23. Sherkining jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi…

18. Semeno darvozaboning ustidan to'pni oshirib aldadi, ammo darvoza tomon zarba berolmadi.

16. Holandning kuchli zarbasidan so'ng to'pni Rashvort qaytardi!

15. Yana to'p nazorati bo'yicha ustunlik maydon egalarida bo'lib turibdi. Biroq hozircha ular aytarli vaziyat yarata olishmadi.

8. Dahshat vaziyat… Avoniyi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, ammo biroz noaniq ketdi…

6. Donnarumma sal qolsa o'z darvozasiga to'p kiritib qo'yishi mumkin edi… darvozabon to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi.

5. Dastlabki daqiqalarda manchesterliklar to'p nazoratini o'zlariga olmoqda.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APL 3-tur doirasidagi "Manchester Siti" - "Koventri Siti" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia