

"Hech nimani o'rganmasdan, qandaydir faoliyati ko'rsatib bo'lmaydi. Karlo Anchelotti - faoliyatimdagi eng xotirjam murabbiy bo'lgan. U shunchalar xotirjam ediki, hatto u men bilan gaplashishni istashi borasida shubhalarim bo'lardi. U bilan yaqindan tanishib borar ekanman, menga qattiq ishonishini va buni o'yinga bahsh qilishimni his qila oldim.
Shuningdek, menda Joze Mourinyu kabi xarakter bor. Uning eng asosiy hususiyati - odamga o'ziga bo'lgan ishonchni kuchaytira olishi. U: "Sen buni to'g'ri qabul qil, sen yanada yaxshiroq bo'la olasan, deb aytardi. Undan ham ko'p narsalarni olganman. Men Karlo ham Joze ham bo'la olmayman, lekin shunchaki o'zim ham emasman", - dedi Lempard.
Eslatib o'tamiz, yaqindagina Frenk Lempard boshqaruvidagi “Koventri” jamoasi chempionship peshqadami sifatida APLga yo'llanma oldi.



