

Bungacha uning jamoasi dastlabki to'rtta uchrashuvning barchasida umumiy 0:10 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
"Futbolda kurashish, ko'p mehnat qilish va tartibni saqlash kerak. Ko'plab o'yinchilarni alohida ko'rsatish va ularning har biri jamoaviy o'yin doirasida o'zini qanday ko'rsatganini qayd etish mumkin. Omadga loyiq bo'lish kerak. Menimcha, bekor qilingan gol bo'lgan vaziyatda haqiqatan ham fol bor edi, ammo yigitlar shunchalik qattiq mehnat qilishdiki, bu muvaffaqiyatga loyiq edilar. Muxlislar uchun juda xursandman. Bu biz uchun ajoyib o'yin bo'ldi.
Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik deb o'ylayman. Menda faqat bir savol bor edi: hujumni yakunlash bosqichida ishonch va o'tkirlik etarli bo'larmikan? Gol ura olishimizga ishonganmidik? Tanaffusda ularga aynan shu haqda gapirdim va ular o'z o'yinlarini davom ettirishdi. Keyin esa markaziy sahnaga Jey [Dasilva] chiqdi. U avvalgi barcha o'yinlarda ham ajoyib harakat qilgan edi, shu sababli gol ura olgani juda yaxshi bo'ldi. Biz kechagi mashg'ulotda aynan shu manyovrni - yurishga uzatma va yorib kirishni - ishlab chiqqan edik.
Jey o'zini qo'riqlayotgan himoyachini ortda qoldirishi kerak edi va u yorib kirish uchun mukammal vaqtni tanladi. Biz kombinacion o'yin orqali raqib himoyasini yorib o'tishni bilamiz, lekin shuningdek o'yinchilarning tezkor harakatlaridan foydalanib, to'g'ridan-to'g'ri harakat qilishimiz ham mumkin. Bunday yondashuvning samaradorligini ushbu gol yaqqol ko'rsatib berdi", - dedi Lempard Sky Sports nashriga.



