Jorje Mendesh: “Yamal - bu yil “Oltin to'p”ni yutishi mumkin bo'lgan yagona futbolchi”

Sherzod Nurmatov
21 avg 2026, 21:15
Futbol agenti Jorje Mendesh “Oltin to'p” sovriniga asosiy da'vogar borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Oltin to'p”ni daho yutishi kerak va Lamin Yamal - bu yil uni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan yagona nomzod. U daho va bunday mavsumdan so'ng uni hech kim bilan taqqoslab bo'lmaydi.

Jahon chempionati, La Ligadagi g'alabalar va “Barselona”dagi ajoyib mavsumdan so'ng uni “Oltin to'p-2026” uchun bosh da'vogar deb hisoblash mutlaqo adolatdandir. U bunga loyiq”, – dedi Mendesh.

4.jpg

Yamal o'tgan mavsum 45 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 19 yoshli vinger Ispaniya terma jamoasi safida g'alabali yakunlangan JCH-2026 musobaqasida 8 ta bahsda qatnashib, 1 ta gol muallifiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com