Lam YCHL favoritlari va "Bavariya"ning finalga chiqish imkoniyati haqida gapirdi

Omonjon To`xtamirzayev
31 dek 2025
"Bavariya" sobiq futbolchisi Filipp Lam klubning Chempionlar Ligasi 2024/25-yilgi mavsum finaliga chiqish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Bu mavsumning final uchrashuvi Myunxenda bo'lib o'tishi belgilangan.

"Bavariya" Myunxenda bo'ladigan finalga chiqish imkoniyatiga egami? O'ylashimcha, ha. Chempionlar Ligasining yangi formati Ligi juda qiziq. Darvoqe, men shu mavsumni intiqlik bilan kutdim. Ajoyib bellashuvlar ko'p va intriga oxirigacha saqlanib qoladi.

Ko'plab top-klublar qiyinchiliklarga duch kelyapti, misol uchun: "Man Siti", PSJ. Ularning vaziyatida gap hech bo'lmasa TOP-24ga kirish haqida ketmoqda. "Bavariya" doimo finalga chiqishi mumkin. Birqo hozir men boshqa klublarni oldinroqda ko'ryapman.

Ular qaysi? "Liverpul" stabil iliq taassurot qoldiryapti. Qolgan jamoalar biroz kuchsizroq. "Arsenal" yaxshi harakat qilmoqda, lekin ular katta o'yinlarga tayyormikin? Bu savol doim ochiq qolgan. Bu borada "Bavariya"ning imkoniyatini yuqoriroq baholayman, qo'shimchasiga, o'z uyingdagi final ehtimoli bo'lsa".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: iMiaSanMia