"La Masiya" hukmron: "Barselona"ning bir nafar tarbiyalanuvchisi "Real" akademiyasidan qimmatroq

Sherzod Nurmatov
2 fev 2026
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona" akademiyasidan chiqqan va hozirda klub bilan shartnomaga ega bo'lgan (ijaradagilarni ham qo'shgan holda) futbolchilarning umumiy qiymati 738 mln evroga etgan.

Bu ko'rsatkich dunyodagi barcha futbol klublari orasida eng yuqori hisoblanadi. "La Masiya" bitiruvchilari orasida eng qimmat futbolchi sifatida vinger Lamin Yamal ajralib turibdi - u 335 mln evroga baholangan.

Ikkinchi o'rinda bitiruvchilarning umumiy qiymati bo'yicha "Manchester Siti" joy olgan - 286 mln evro. Klubning eng qimmat tarbiyalanuvchisi Niko O’Rayli (92 mln evro).

Uchinchi pog'onada "Bavariya" - 284 mln evro, klub bitiruvchilari orasida yetakchi Jamol Musiala (87 mln evro).

Shuningdek, top-10 talik ro'yxatga quyidagi klublar kirdi:

"Real" Madrid - 256 mln evro, eng qimmat bitiruvchi: Alvaro Karreras (79 mln evro);

"Arsenal" - 235 mln evro, tarbilanuvchilar yetakchisi: Maylz Lyuis-Skelli (80 mln evro);

"Chelsi" - 222 mln evro, eng qimmat bitiruvchi: Levi Koluill (67 mln evro);

"Atletik" - 211 mln evro, asosiy bitiruvchi: Niko Uilyams (53 mln evro);

"Real Sosedad" - 205 mln evro, akademiya yetakchisi: Xon Martin (35 mln evro);

"Pari Sen-Jermen" - 204 mln evro, eng qimmat tarbiyalanuvchi: Uorren Zair-Emeri (87 mln evro);

"Atletiko Madrid" - 186 mln evro, yetakchi bitiruvchi: Pablo Barrios (87 mln evro).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CIES