Kunde "El Klassiko" haqida: "Chempionlik uchun durang ham etarli, lekin biz "Real"ni mag'lub etmoqchimiz"

Administrator
6 may 2026, 20:25
Kunde klassiko haqida gapirdi.

"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde jamoaning klassikoda g'alaba qozonishga bel bog'laganini va ushbu o'yin natijasiga ko'ra chempion bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

Kataloniyaliklar 10 may kuni La Liganing 35-turi doirasida "Real"ni qabul qiladi.

"Jamoa yaxshi shug'ullanmoqda va g'alabaga chanqoq. Biz La Ligani yutishni xohlaymiz va buni o'z uyimizda, "Kamp Nou"da amalga oshirish aqlbovar qilmas voqea bo'lardi.

Durang natijaning o'zi ham kifoya qilardi, ammo biz "Real Madrid"ni engishni istaymiz. Klassikodagi g'alabaning kaliti - nafaqat himoya, balki butun jamoaning birgalikda to'g'ri bosim o'tkazishidir. Biz butun diqqatimizni jamlashimiz kerak", – dedi Kunde.


AdministratorMuallif
Manba: Marca