

Bu haqda Parij klubidagi manbalarga tayanib RMC Sport xabar bermoqda.
21 yoshli futbolchi Fransiya chempionati doirasida "Nicca"ga qarshi safar o'yinining 41-daqiqasida jarohat oldi. Due o'yin epizodi vaqtida oyog'ini noqulay qo'yib, maysaga yiqildi. Fransiyalik futbolchi maydonni mustaqil tark eta olmadi - uni zambilda olib chiqishdi.
Yakshanba, 22 noyabr kuni Due MRT tekshiruvidan o'tadi, uning natijalariga ko'ra jarohatning og'irlik darajasi ma'lum bo'ladi.
2026/27 yilgi mavsumda Due Parij klubi safida barcha turnirlarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



