Kurtua Trent haqida: "Uning jarima zarbalari va burchak to'plari – boshqa darajada, bunday texnikani hech qachon ko'rmaganman"

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2025
Tibo Kurtua Trent Aleksander-Arnoldning zarba va uzatma texnikasini maqtadi.

"Real"ning himoyachisi KJCH 1/8 finalida "Yuventus"ga qarshi o'yinda (1:0) Gonsalo Garsiyaga golli uzatma berdi.


"Trent bu turnirda allaqachon bir necha golli uzatma berishi mumkin edi. Mashg'ulotlarda uning jarima zarbalari va burchak to'plari – butunlay boshqa darajada. Menimcha, men hech qachon bunday zarba va uzatma texnikasiga ega biron-bir o'yinchini ko'rmaganman.


Darvozabon uchun u bazan shunchaki dahshat. Trent doimo hushyor bo'lishga majbur qiladi va to'pni qaytarish uchun o'zingni butunlay berishga undaydi. U bizni kuchliroq qiladi", – dedi "Real" darvozaboni.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN