

“Mundo Deportivo” nashri bergan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar himoyachisi Jyul Kundening maydonga tushish ehtimoli juda past. “Ko'k-anorranglilar” murabbiylar shtabi fransiyalik futbolchining “El Klasiko”gacha tiklanib ulgurishiga shubha bilan qaramoqda.
Ma'lumki, Kunde “Betis”ga qarshi uchrashuvda to'pig'ining bog'lamlarini cho'zib olgandi. Shundan so'ng fransiyalik himoyachi Chempionlar Ligasi doirasidagi PSJga qarshi bahsni o'tkazib yubordi. Parijda “Barselona” mavsumdagi ilk mag'lubiyatini tan oldi - 2:4.
“Barselona” va “Real” o'rtasidagi uchrashuv 25 oktyabrdan 26 oktyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.



