Kude "Selta"ni boshqarish uchun Braziliya chempionatida yetakchilik qilayotgan "Internasol" klubini tark etdi

Alisher
10 noya 2020
"Internasonal"ni tark etgan Eduardo Kude "Selta"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

Ispan klubi 46 yoshli argentinalik mutaxassis Oskar Garsiyani dushanba kuni iste'foga chiqargan edi.

"Selta" La Ligada 9 turdan so'ng 17-o'rinda bormoqda, jamoaning g'alabasiz seriyasi 7ta o'yinni tashkil etmoqda.

"Internasonal" 20 o'yindan so'ng Braziliya chempionati turnir jadvalini boshqarmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, Kude o'zi klubdan ketishga qaror qilgan.


AlisherMuallif
Manba: globoesporte.globo.com