Kuarejma faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin

Eldor Akmurzayev
12 iyul 2019, 00:40
Beshiktosh yarim himoyachisi Rikardu Kuarejma faoliyatini Vetnamning Xanoy klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar qiladi Fox Sport Asia.

Manbaga ko'ra, futbolchining agenti mijozining xizmatlarini Osiyo jamoasiga taklif etgan. 

Kuarejmaning turkiyaliklar bilan yana bir yillik kelishuvi bo'lsa ham shartnoma bandlariga binoan u jamoani muddatidan oldin tarki etishi ham mumkinligi aytilmoqda. Xanoy klubi mamlakat chempionatining amaldagi titul sohibi hisoblanadi. 

35 yoshli portugaliyalik xavbek o'tgan mavsum qora burgutlar safida 34 o'yinda maydonga tushib, 4+14 natijani o'z hisobiga yozib qo'ygandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Fox Sport Asia