Kuarejma faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin

"Qosimposho" klubi yarim himoyachisi Rikardu Kuarejma "Santos"ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Portugaliyalik futbolchining turk klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakunlanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Kuarejma varianti "Santos" klubi bosh murabbiyi Xesualdo Ferreyraning shaxsiy tashabbusi bo'lgan. Braziliya klubi yarim himoyachini qishda o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda.

Ma'lumot uchun, Kuarejma Turkiya chempionatining joriy mavsumida 13 uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urgan.


Manba: TMW