"Santos" Filippe Koutino bilan shartnoma imzoladi

15 sen 2026, 11:00
Braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino 2026 yil oxirigacha "Santos"ga qo'shildi.

Bu haqda klub X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Futbolchining oxirgi jamoasi "Vasko da Gama" bo'lgan edi. Avvalroq transfer "Santos" hujumchisi Neymarning qo'llab-quvvatlashi bilan amalga oshgani xabar qilingandi.

34 yoshli Koutino faoliyati davomida "Vasko da Gama", "Inter" (Milan), "Espanol", "Aston Villa" (Birmingem), "Liverpul", "Barselona" va Myunxenning "Bavariya" klublarida, shuningdek, Braziliya terma jamoasida o'ynagan.

"Futbol qirolligiga xush kelibsan, Koutino. Olg'a!" - deyiladi klub xabarida.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 34 yoshli hujumkor yarim himoyachining qiymati 2,5 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com