Kuao, Marushich, Aliboev... "Neftchi"ning 7 nafar futbolchisi "Traktor"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
31 okt 2026, 21:12
Farg'onaning "Neftchi" klubi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 4-turidan o'rin olgan Eronning "Traktor" jamoasiga qarshi uchrashuvda olti nafar futbolchisining xizmatidan foydalana olmaydi.

Klub matbuot xizmati ma'lum qilishicha, jamoa sardori Anvarjon G'ofurov, shuningdek, Muhsin Ubaydullaev, Zoran Marushich, Koffi Kuao, Yovan Jokich va Abdulla Abdullaev jarohatlari sababli mazkur bahsda ishtirok etmaydi.

Hozircha futbolchilarning jarohatlari qay darajada jiddiy ekani va ularning qachon safga qaytishi haqida ma'lumot berilmagan.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" mazkur uchrashuvda yarim himoyachi Ikromjon Aliboevning xizmatidan ham foydalana olmaydi. Futbolchi "Al Nassr"ga qarshi bahsda maydondan chetlatilgani uchun OFK tomonidan ikki o'yinga diskvalifikaciya qilingan.

Ma'lumot uchun, "Traktor" va "Neftchi" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 4-tur uchrashuvi 2 noyabr kuni Ummon poytaxti Maskatdagi "Sulton Qobus" sport majmuasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати