Ispaniyadagilar Seutadagi migraciya inqirozi fonida Marokash bilan JCH-2030ni o'tkazishdan voz kechishga chaqirishdi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2026, 19:52
Ispaniya Deputatlar kongressida migraciya inqirozi fonida Marokash bilan birgalikda JCH-2030 ni o'tkazishdan voz kechish taklif etildi.

Eslatib o'tamiz, 30 iyul kuni Afrikaning shimoliy qirg'oqlarida joylashgan Seuta avtonom shahriga migrantlarning ommaviy ravishda yorib kirishi boshlandi. Bu ispan eksklavi (mamlakatning asosiy eridan ajratilgan va boshqa davlatlar bilan o'ralgan qismi – Sports’‘), u bir tomondan Marokash bilan chegaradosh, ikkinchi tomondan esa O'rtaer dengizi bilan yuviladi. O'n minglab odamlar Ispaniyaga noqonuniy ravishda kirib keldi, keyinchalik ularning ko'pchiligi Marokashga o'z ixtiyori bilan qaytib ketdi.

El Mundo xabariga ko'ra, Sumar parlament koaliciyasi Kongressga Ispaniyaning Portugaliya va Marokash bilan birgalikda qabul qilishi kerak bo'lgan JCH-2030 tayyorgarligidagi ishtirokini to'xtatish haqidagi taklifni kiritdi. Qonun loyihasi matni ostida "Birlashgan so'llar" partiyasini vakillik qiluvchi uch nafar deputat hamda Quyi palatadagi frakciyaning bir nafar vakili imzo chekdi.

Tashabbus mualliflari hukumatni FIFA, Qirollik ispan futbol federatsiyasi (RFEF) va Portugaliya ijroiya hokimiyatini kelgusi turnirning "qo'shma tashkilotchilikning amaldagi modelini qayta ko'rib chiqish zarurligi"dan rasman xabardor qilishga chaqirdi.

Shuningdek, Sumar hukumatdan RFEF'ga FIFA ustavi va inson huquqlari sohasidagi siyosatiga rioya etilishini tekshirish uchun institucional mexanizmlarni faolashtirishni hamda Kongressga yarim yil ichida taqdim etilishi kerak bo'lgan "qabul qiluvchi mamlakatlarda inson huquqlari xavflari" bo'yicha mustaqil, ommaviy va yangilangan tadqiqot o'tkazishni so'ramoqda. Bundan tashqari, tashabbus Seutadagi voqealarning turnirni o'tkazish bilan bog'liq inson huquqlari bo'yicha majburiyatlarga ta’sirini baholashni, shuningdek, jiddiy qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda qo'shimcha choralar ko'rishni taklif qilishni o'z ichiga oladi.

Deputatlar, shuningdek, FIFAning turnirlarni o'tkazish huquqini berish tartib-qoidalarini, jumladan, inson huquqlariga rioya etilishini kafolatlaydigan qoidalarni va jiddiy qoidabuzarliklar yuz bergan taqdirda qabul qiluvchi tomon maqomini qayta ko'rib chiqish yoki chaqirib olish imkoniyatini isloh qilishga chaqirdi.

Avvalroq Portugaliyaning Livre yashillar partiyasi Portugaliya rasmiylariga va mamlakat futbol federatsiyasiga Marokashni JCH-2030 tashkilotchiligidan chetlashtirishga erishish taklifi bilan xat yo'llagan edi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo