Krishtianu Ronaldu qishki transfer oynasida "Al Nassr"ni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 sen 2026, 21:24
"Al Nassr" klubining sobiq matbuot kotibi va jurnalist Saud Al Sarami saudiyaliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkinligini ma'lum qildi.

"Ronaldu "Al Nassr"da hech qanday rol o'ynamayapti va uning qishki transfer oynasida xuddi avval Karim Benzema bilan sodir bo'lgani kabi klubni tark etishini istisno qilmayman, lekin bu faqat uning o'z xohishi bilan sodir bo'ladi. Ronaldu imkoniyatlarini tugatgan o'yinchiga aylandi va "Al Nassr"ga endi hech narsa bera olmaydi, shuning uchun u ketishi kerak", - dedi Al-Sarami Al-Arabiya FM efirida.

Ronaldu 2022 yilning dekabridan buyon "Al Nassr" safida to'p surib kelmoqda. U bunga qadar "Sporting", "Manchester Yunayted", "Real" va "Yuventus" klublarida o'ynagan. Portugaliyalik futbolchi besh marta "Oltin to'p" va Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan, shuningdek, terma jamoasi bilan Yevropa chempioni va Millatlar ligasining ikki karra g'olibiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Al-Arabiya FM