

"2012 yilda men aql bovar qilmaydigan ish qildim. Men Messiga 500 million evro taklif qildim. O'sha paytlar bu juda katta summa edi. Muzokaralar uchun vice-prezidentimni Barselonaga yubordim. Ammo Messi hatto xatni ham ochmadi va taklif haqida bilmadi ham. U tafsilotlariga ham e'tibor bermasdan buni rad etdi, chunki o'zini faoliyati davomida boshqa jamoaga hech qachon sotmaydigan o'yinchi deb hisoblardi.
Messi bilan shaxsan bog'lanishga muvaffaq bo'ldim va u: "Menga bo'lgan qiziqishingizni qadrlayman, lekin faoliyatimni "Barselona"da yakunlashni xohlayman", dedi. Uning so'zlari shunday sodda edi. U "Barselona"da qolishni xohladi. Men vaziyatni tushundim, lekin uni pul bilan yo'ldan urishga urindim - va bu ish bermadi", - dedi Moratti so'zlarini keltiradi Sport.es nashri.



