

❌ OKMK – "Paxtakor"
Bizning fikrimizcha, hakam "Paxtakor" o'yinchisiga simulyaciya ishlatgani uchun sariq kartochka ko'rsatmay, xatoga yo'l qo'ydi. Futbolchi o'z tashabbusi bilan maydonga yiqilib, hakamni aldashga uringani yaqqol ko'rinib turibdi.
✅ "Neftchi" – "Surxon"
Maydondagi hakam to'g'ri qaror qabul qildi va to'p qo'l bilan o'ynalgani uchun penalti belgiladi. "Surxon" himoyachisi qo'li bilan to'p tomon harakat qilgan, qolaversa, uning qo'li tanasidan g'ayritabiiy ravishda uzoqlashgan holatda edi.
✅ "Neftchi" – "Surxon"
Bizningcha, ikki marta to'g'ri qaror qabul qilgan hakamning fikriga to'liq qo'shilamiz. U dastlab maydonda, so'ngra videotakrorni ko'rganidan keyin ham o'z fikrida qoldi. "Surxon" hujumchisi to'pni oldinga tashlaydi, to'pga o'ynashga harakat qilgan darvozabon esa ulgurmaydi va raqibini qo'llari bilan yiqitadi. To'g'ri qaror – penalti. VAR bu vaziyatga noto'g'ri aralashgan.
✅ "Nasaf" – "Bunyodkor"
Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi. Dastlab oyoqlarda biroz kontakt bo'ldi, ammo bu "Nasaf" hujumchisining oldinga harakatlanishiga ta’sir qilmadi. Ushbu videoyozuv orqali yuqori qismda ham qoida buzilishini ko'rmayapmiz.
✅ "Dinamo" – "Qizilqum"
Dinamik holatda bizga ham ushbu podkat qo'poldek tuyuldi, biroq sekinlashtirilgan takroriy lavhalarda "Dinamo" futbolchisining to'pga toza o'ynaganini va raqibi bilan to'qnashuvdan qochganini ko'rdik. VAR vaziyatga to'g'ri aralashgan, shu bois bu yerda ikkinchi sariq kartochka yo'q.
✅ "Andijon" – "Qo'qon-1912"
Hakamning o'yinni davom ettirish qarori – to'g'ri. "Qo'qon-1912" himoyachisi qo'lini olib qochishga uringan, qo'l tana hajmini kattalashtirmagan va to'pga qarab emas, aksincha, to'pdan teskari yo'nalishga harakat qilgan. Bizningcha, bu yerda to'p qo'l bilan o'ynalmagan.



