

Gap 42 yoshli Tevesning xayrlashuv o'yini haqida bormoqda. Ushbu tadbir dekabr oyiga rejalashtirilgan. Bahs Buenos-Ayresdagi "La Bombonera" stadionida bo'lib o'tishi kerak.

"Men doimo Krishtianu va Leoni bir jamoada ko'rishni orzu qilganman. Ular barcha davrlarning eng ulug' futbolchilari. Men Ronalduga: “Krishtianu, xayrlashuv o'yinimda sen va Leo bir jamoada bo'lishingizni istayman. Butun dunyo nihoyat ushbu mo'jizani ko'rishi uchun”, dedim. U kelishini aytdi. Leoni ko'ndirish ham qiyin bo'lmadi. Ularning ikkalasi ham menga rozilik berdi", – dedi Teves.
Argentinalik sobiq forvard 2005 yildan 2015 yilgacha milliy terma jamoada Messi bilan birga o'ynagan. Ronaldu bilan birgalikda esa Teves 2007 yildan 2009 yilgacha "Manchester Yunayted" safida harakat qilgan.



