

OCHL-2. 1-tur
16 sentyabr, 2026 yil. Riffa, "Bahrayn Milliy" stadioni
"Al Xaldiya" (Bahrayn) - "Nasaf" (O'zbekiston) 0:0
Hakamlar: Vivat Jumpaoon, Pattarapong Kijsatit, Chotravee Tongduang (Tailand), Mahmud Al-Savalmeh (Iordaniya)
Nazoratchi: Abdulla Muhammad Blaidah (Qatar)
Komissar: Bassem El-Zuhairi (Livan)
"Al Xaldiya": 33.Muhammad El-G'arabli, 3.Muhammad Adel, 6.Valid Sabbar, 9.Gleyson Uilson, 15.Rashid Bumessus, 20.Sayf-Eddin Buhra, 21.Dominik Mendi, 24.Darko Velkovski, 25.Domagoy Drozdek, 28.Patrik Masvangani, 30.Ussama Fraj
Zaxira: 1.Muhammad Al-Hallaqi, 41.Rikardo Manuel, 2.Sayed Diya Said, 5.Seydina Dabo, 7.Nizar El-Otmani, 8.Klayd O'Konnell, 10.Mahdi Humaidan, 11.Yaya Al-Haj Usman, 14.Badar Bashir, 17.Hazza Ali, 23.Abdelhak Assal
"Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 4.Akromjon Komilov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 10.Bobur Abdiholiqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 70.Abbosjon G'ulomov, 92.Umarbek Eshmurodov
Zaxira: 82.Asilbek No'monov, 20.Yusuf Otubanjo, 27.Yashnarbek Berdirahmonov, 34.Asadbek Ramilov, 40.Behruz Soatov, 76.Zafar Sadullaev, 77.Paata Gudushauri, 80.Davronbek Usmonov
Ogohlantirishlar: 45 - Rashid Bumessus
61. Yana bir zarba ko'rdik Bumessus ijrosida, bunisi ham aniq bo'lmadi.
60. Bumessusning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
55. Umar Eshmurodovning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.
54. Buhraning bergan zarbasi noaniq ketdi.
52. Mezbonlarda hujum ko'rdik, Ne'matov darvoza tomon yo'llangan zarbasini bartaraf etdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. Sharof Muhitdinovning jarima zarbasidan tepgan to'pi kuchsiz chiqdi.
44. Abdixoliqovning bosh bilan yo'llagan zarbasi aniq, ammo kuchsiz chiqdi.
40. Akrom Komilovning o'tkir burchakdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.
36. Mezbonlar yana hujum uyushtirishga intilmoqda, biroq xavfli tus olmayapti.
31. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
26. Valid Sabbar Ne'matovning ustidan to'pni tushirib qo'ymoqchi bo'ldi, ammo kuchsiz chiqdi zarba.
25. Oybek Rustamovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi!
18. TV translyatsiyasida Ro'ziqul Berdievning ko'rsatmalari eshitilib turibdi: “Ali, atrofga qara”, degan ko'rsatma ko'p ehtimol Alibek Davronovga aytilmoqda.
14. Drozdekning erlatib bergan zarbasidan so'ng to'p rekoshetga uchrab, Ne'matovning qo'liga borib tushdi.
7. Shala katta tezlikda oldinga o'tayotganda raqiblar toomnidan to'xtatildi.
5. Ilk daqiqalardan mezbonlar faol. Darvoza tomonga berilgan zarbani qarshilik himoyachilari bartaraf eta olishdi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Osiyo Chempionlar ligasi-2 1-turidan o'rin olgan "Al Xaldiya" - "Nasaf" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!


