"Kredit so'rovingiz rad etildi". "Man Siti"ga egalik qiluvchi xoldingga kredit berishmadi

Aslanov Jasurbek
19 noya 2026, 17:39
"Manchester Siti" xo'jayinlariga moliyaviy qoidabuzarliklar bo'yicha ayblovlar fonida 2 milliard dollar miqdorida kredit ajratish rad etildi.

Avvalroq "shaharliklar" APL moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog'liq 115 ta ayblovdan 114 tasi bo'yicha aybdor deb topilgan edi. Klub ushbu qaror ustidan apellyaciya bergan.

Financial Times nashri ma'lumotlariga ko'ra, Amerikaning Apollo Global Management investiciya kompaniyasi klub aybdor deb topilgani haqidagi xabarlar paydo bo'lganidan so'ng, 2008 yildan beri "Manchester Siti"ga egalik qilib kelayotgan City Football Group (CFG) xoldingiga 2 milliard dollarlik kredit berishdan bosh tortgan. O'sha paytda muzokaralar yakuniy pallada edi - qarz mablag'laridan qo'shimcha likvidlikni taminlash va mavjud kreditlarni qayta moliyalashtirish maqsadida foydalanish rejalashtirilgandi.

Qayd etilishicha, o'tgan oyda klub egasi Mansur ibn Zayd Al Nahayyon to'g'ridan-to'g'ri CFG tuzilmasiga 100 million funt sterling sarmoya kiritgan.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal