"Navbahor", "Dinamo" va vaqtni cho'zgan bir qator futbolchilar jarimaga tortildi - Tartib-intizom qo'mitasi

Sherzod Nurmatov
14 apr 2026, 12:30
Joriy yilning 10 aprel sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda mazkur sanagacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasi hamda U-21 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Superliga

“Mashal” – “Bunyodkor”

Superliga 6-turi doirasidagi “Mashal” – “Bunyodkor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 67-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Humoyun Murtozaev o'yin to'xtagan vaqtda raqib jamoa futbolchisining qorin qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Mashal” futbol klubi futbolchisi Humoyun Murtozaevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanilsin.

“Nasaf“ – “Andijon”

Superliga 5-turi doirasidagi “Nasaf” – “Andijon” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv davomida “Nasaf” jamoasi vakili Alisher Turdiqulov uchrashuv rasmiylari, jumladan, uchrashuv komissari va koordinatoriga o'ta qo'pol muomilada bo'lganligi, haqoratli so'zlarni ishlatgani hamda uchrashuv komissari ogohlantirishlariga qaramay bu ishni davom ettirgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubi vakili Alisher Turdiqulovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

“Navbahor” – “Mashal”

Superliga 5-turi doirasidagi “Navbahor” – “Mashal” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko'ra, “Navbahor” futbol klubi mezbonligida o'tgan bahsda uchrashuvni tashkil qilishda ko'plab kamchiliklarga yo'l qoyilgani, jumladan, uchrashuv Countdown’iga asosan uchrashuvga 30 daqiqa qolganda jamoalar tarkiblari e'lon qilinishi va ekranda ko'rsatilishi talab etilganiga qaramay, tarkib ekranda namoyish qilinmagani, uchrashuv mobaynida zaxira almashtirishlari va uchrashuv qaydlari stadion ekranida namoyish etilmagani, Superliga Reglamentining 14.18-bandiga asosan uchrashuv video yozuvini Ligaga taqdim etishi shart bo'lsa-da, “Navbahor” futbol klubi uchrashuv video yozuvini taqdim qilmagani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73 hamda 76-moddalariga asosan “Navbahor” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

Superliga 5-turi doirasidagi “Navbahor” – “Mashal” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 52-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Aliqulov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Mashal” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Aliqulovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

“Dinamo” – “So'g'diyona”

Superliga 6-turi doirasidagi “Dinamo” – “So'g'diyona” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra Dinamo jamoasiga mavsum avvalida Liga tomonidan Ballkid, maydon mutaxassislari va zanbil ko'taruvchilar uchun maxsus nimchalar taqdim etilgan bo'lsa-da, Dinamo jamosi mezbonligida o'tgan bahsda zanbil ko'taruvchilarning maxsus nimchalari bo'lmagani tufayli ballkid – to'p uzatib beruvchi bolalar zanbil ko'taruvchi sifatida maydonga chiqishgani, uchrashuv komissariga zanbil ko'taruvchilarning maxsus nimchalari yo'qolgani aytilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73-moddasiga asosan Dinamo futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Superliga 6-turi doirasidagi “Dinamo” – ”So'g'diyona” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Jaloliddin Jumaboev o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Jaloliddin Jumaboevga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

“Andijon” – “Navbahor”

Superliga 6-turi doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko'ra, uchrashuvning 20-daqiqasidan boshlab “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi - Samvel Babayan uchrashuv hakamlariga etiroz bildira boshlagani, bosh hakamga qarata koptok uloqtirgani, maydonga bir necha bor tushib, hakamlarga keskin etiroz bildirgani, haqorat qilgani, uchrashuv hakamlari Samvel Babayanni va jamoa murabbiylar shtabini tinchlantirishga qaramay, bu samara bermagani, futbolchi va murabbiylar o'rtasida janjal kelib chiqqani, birinchi bo'lim yakunlanganidan so'ng kiyinish xonasiga qadar Samvel Babayan hakamlarga etirozini bildirib borgani kabi holatlar aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 57, 61 hamda 63-moddalariga asosan “Andijon” futbol klubi bosh murabbiyi Samvel Babayanga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Superliga 6-turi doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 55-daqiqasida Andijon futbol klubi murabbiyi Samvel Babayan hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Murabbiy Samvel Babayanning hakam qaroriga etirozi uchun “Andijon” futbol klubiga ogohlantirish berilsin.

Bu kabi holat “Andijon” futbol klubi futbolchilari yoki rasmiy vakillari tomonidan takroran sodir etilgan taqdirda, tegishli shaxsga nisbatan O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

Superliga 6-turi doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko'ra, Superliga Reglamentining 15.30-bandiga asosan, “Navbahor lochinlari” futbol klubi vakili Abdurauf G'ulomov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan bo'lsada, zaxira o'rindig'iga o'tirib olgani va uchrashuv komissari tomonidan texnik hududdan chiqarib yuborilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 60-moddasiga asosan “Navbahor lochinlari” futbol klubi vakili Abdurauf G'ulomovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin. Mazkur holat Abdurauf G'ulomov tomonidan takroran sodir etilayotgani uchun unga O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan taqdim etilgan licenziya qaytarib olinsin.

“So'g'diyona” – “Qo'qon-1912”

Superliga 5-turi doirasidagi “So'g'diyona” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 70-daqiqasida “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Shoxrux Isoqov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Shoxrux Isoqovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Superliga 5-turi doirasidagi “So'g'diyona” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 81-daqiqasida “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Zoir Jo'raboev o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Zoir Jo'raboevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Superliga 5-turi doirasidagi “So'g'diyona” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 86-daqiqasida So'g'diyona futbol klubi futbolchisi Oybek Nurmatov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Oybek Nurmatovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “So'g'diyona” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Shohrux Gadoev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Shohrux Gadoevga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

“Xorazm” – “Dinamo”

Superliga 5-turi doirasidagi “Xorazm” – “Dinamo” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Nikola Stoshich o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Nikola Stoshichga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

“Surxon” – “Buxoro”

Superliga 5-turi doirasidagi “Surxon” – “Buxoro” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 56-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Davron Merganov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi Davron Merganovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

“Mashal” – “Bunyodkor”

Superliga 6-turi doirasidagi “Mashal” – “Bunyodkor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Vlatko Stoyanovski hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Mashal” futbol klubi futbolchisi Vlatko Stoyanovskiga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

OKMK – “Surxon”

Superliga 6-turi doirasidagi OKMK – “Surxon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 70-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Dostonbek Tursunov simulyaciya ishlatgani uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

“Neftchi” – “Paxtakor”

Superliga 6-turi doirasidagi “Neftchi” – “Paxtakor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 60-daqiqasida “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Rustam Turdimurodov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Rustam Turdimurodovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

Superliga 6-turi doirasidagi “Neftchi” – “Paxtakor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 78-daqiqasida “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Sanjar Quvvatov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Sanjar Quvvatovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

Superliga 6-turi doirasidagi “Neftchi” – “Paxtakor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Bashar Resan o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Bashar Resanga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

U-21 chempionati

OKMK U-21 – “Surxon” U-21

U-21 chempionatining 6-turi doirasidagi OKMK U-21 – “Surxon” U-21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 76-daqiqasida OKMK U-21 jamoasi futbolchisi Asrorbek Otaxonov to'psiz vaziyatda raqib jamoa futbolchisining ko'krak qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Asrorbek Otaxonovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanilsin.

“Neftchi” – “Paxtakor” hamda “Qo'qon-1912” – “Nasaf” o'yinlarida yuzaga kelgan vaziyatlar ayni damda Liga qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan batafsil o'rganilmoqda va bu borada ma'lumot taqdim etiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz