

Unda mazkur sanagacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasi, Pro liga, U-21 hamda U-19 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.
Superliga
“Neftchi” – “Qo'qon-1912”
Superliga 10-turi doirasidagi “Neftchi” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 43-daqiqasida “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Javohir Sidiqov to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining bel qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Javohir Sidiqovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
“Qizilqum” – “Xorazm”
Superliga 10-turi doirasidagi “Qizilqum” – “Xorazm” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 66-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Yanis Leri to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining oyoq qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Yanis Leriga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
“Mashal” – “Buxoro”
Superliga 10-turi doirasidagi “Mashal” – “Buxoro” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 67-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Abdul Rashid Abubakr to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining oyoq qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Mashal” futbol klubi futbolchisi Abdul Rashid Abubakrga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
Superliga 5-turi doirasidagi “Navbahor” – “Mashal” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 52-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Aliqulov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Mashal” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Aliqulovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.
Superliga 10-turi doirasidagi “Mashal” – “Buxoro” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 75-daqiqasida Buxoro futbol klubi futbolchisi Asadbek Jo'raboev to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Asadbek Jo'raboevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
“Xorazm” – “Neftchi”
Superliga 9-turi doirasidagi “Xorazm” – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 87-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Izzatillo Po'latov to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining oyoq qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Izzatillo Po'latovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
“Nasaf” - “Navbahor”
Superliga 11-turi doirasidagi “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra stadionda o'ranatilgan tablo talab darajada ishlamaganligi, uchrashuvdan so'ng kiyinish xonasida issiq suv hamda svet bo'lmagani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
Superliga 6-turi doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko'ra, Superliga Reglamentining 15.30-bandiga asosan, “Navbahor” futbol klubi vakili Abdurauf G'ulomov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan bo'lsada, zaxira o'rindig'iga o'tirib olgani va uchrashuv komissari tomonidan texnik hududdan chiqarib yuborilgani aniqlandi.
Superliga 11-turi doirasidagi “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 73-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Bobir Abduxoliqov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Bobir Abdixoliqovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Navbahor” – “So'g'diyona”
Superliga 10-turi doirasidagi “Navbahor” – “So'g'diyona” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv komissari xonasida internet bo'yicha muammolar vujudga kelganligi, uchrashuvdan oldin, yani klub avtobuslari stadionga yetib kelganda begona shaxslar bemalol harakatlanib klub vakillariga stadionga kirishiga noqulayliklar vujudga keltirganligi, uchrashuv tugagandan so'ng texnik hududda begona shahslar erkin harakat qilib yurgani hamda Navbahor futbol klubi sobiq vice-prezidenti Otabek Samatov hakamlar xonasiga kirishga urinib, ularga nisbatan haqoratli so'z ishlatgani holatlari aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 69, 73, 77-moddalariga asosan “Navbahor” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
“Buxoro” – “So'g'diyona”
Superliga 11-turi doirasidagi “Buxoro” – “So'g'diyona” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 62-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Kirill Todorov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Kirill Todorovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Lokomotiv” – “Qizilqum”
Superliga 11-turi doirasidagi “Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+7-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Oleg Zoteev o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Oleg Zoteevga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.
“Neftchi” – “Qo'qon-1912”
Superliga 10-turi doirasidagi “Neftchi” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 55-daqiqasida “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Yoqubov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Yoqubovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Andijon” – “Dinamo”
Superliga 10-turi doirasidagi “Andijon” – “Dinamo” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 74-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Edem Nemanov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Edem Nemanovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Qo'qon-1912” – “Bunyodkor”
Superliga 11-turi doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 86-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Dmitri Pletnyov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Dmitriy Pletnyovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliga 11-turi doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Iqboljon Malikjonov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Iqboljon Malikjonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Paxtakor” – “Nasaf”
Superliga 10-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Nasaf uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 32-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi G'olib G'aybullaev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubi futbolchisi G'olib G'aybullaevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Bunyodkor” – “Navbahor”
Superliganing 10-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 26-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Azizbek To'lqunbekov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Azizbek To'lqunbekovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliga 10-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 82-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Federiko Botti o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Federiko Bottiga nisbatan jarima intizomiy jazosi chorasi qo'llansin.
Superliga 10-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Marko Bugarin o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Bunyodkor futbol klubi futbolchisi Marko Bugaringa nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.
“Qizilqum” – “Qo'qon-1912”
Superliga 9-turi doirasidagi “Qizilqum” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 17-daqiqasida Qizilqum futbol klubi futbolchisi Shahzodbek Rahmatullaev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Shahzodbek Rahmatullaevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliga 9-turi doirasidagi “Qizilqum” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Farhod Rahmatov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Farhod Rahmatovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
OKMK – “Neftchi”
Superliga 11-turi doirasidagi OKMK – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 87-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Vladimir Yovovich hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Vladimir Yovovichga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
OKMK – “Lokomotiv”
Superliga 10-turi doirasidagi OKMK – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 14-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Superliga 10-turi doirasidagi OKMK – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Saidafzalxon Axrorov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Saidafzalxon Axrorovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliga
“FarDU” – Respublika FA
Proliganing 6-turi doirasidagi “FarDU” – Respublika FA uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 62-daqiqasida Respublika FA futbol klubi futbolchisi Behruzjon Kupaysinov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Respublika FA futbol klubi futbolchisi Behruzjon Kupaysinovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
Proliga 6-turi doirasidagi “FarDU” – Respublika FA uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida “FarDU” futbol klubi futbolchisi Shodiyor Hojimatov hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “FarDU” futbol klubi futbolchisi Shodiyor Xojimatovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Yaypan” – “G'azalkent”
Proliga 6-turi doirasidagi “Yaypan” – “G'azakent” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Yaypan” futbol klubi futbolchisi Mirshavkat Miryoqubov hakamining shaniga nomaqbul so'zlar ishlatib haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan “Yaypan” futbol klubi futbolchisi Mirshavkat Miryoqubovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
Proliga 6-turi doirasidagi “Yaypan” – “G'azakent” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv yakunlangandan so'ng “Yaypan” futbol klubi rasmiylari bosh murrabbiy Rashid Gofurov, yordamchi murabbiy Xurshidbek Asqaraliev, shifokor Mashxurbek Muhammadjonov, uqalovchi Adhamjon Sotiboldiev hamda mamur Islomjon Oxunjonov uchrashuv hakamiga nisbatan tajovuzkor harakat qilganligi hamda “Yaypan” futbol klubi muhlislari ommaviy ravishda maydonga yugurib chiqqani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan “Yaypan” futbol klubi rasmiylari, murrabbiy Rashid Gofurov, Xurshidbek Asqaraliev, Mashxurbek Muhammadjonov, Adhamjon Sotiboldiev hamda Islomjon Oxunjonovning har biriga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.
O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 69-moddasiga asosan “Yaypan” futbol klubiga kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning 1-8 hamda CIP sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo'yish hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llansin.
“Lochin” – “Aral”
Proliga 6-turi doirasidagi “Lochin” – “Aral” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 85-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Javohir O'tamurodov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Aral” futbol klubi futbolchisi Javohir O'tamurodovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
“Olimpik-MobiUz” – “Kattaqo'rg'on”
Proliga 7-turi doirasidagi “Olimpik-MobiUz” – “Kattaqo'rg'on” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 41-daqiqasida “Olimpik-MobiUz” futbol klubi bosh murabbiyi Farhod Nishonov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Olimpik-MobiUz” futbol klubi bosh murabbiyi Farhod Nishonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.
U-21 chempionati
“Surxon” U-21 – “Paxtakor” U-21
U-21 chempionatining 11-turi doirasidagi “Surxon” U-21 – “Paxtakor” U-21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Paxtakor” U-21 futbol klubi futbolchisi Muhammad Bobur Karimov to'psiz vaziyatda raqib jamoa futbolchisiga zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Paxtakor” U-21 futbol klubi futbolchisi Muhammad Bobur Karimovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.
U21 chempionatining 11-turi doirasidagi “Surxon” U-21 – “Paxtakor” U-21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “Surxon” U-21 futbol klubi futbolchisi Mardonbek Abduraimov uchrashuv yakunlangandan so'ng kiyim almashtirish xonasiga ketayotgan vaqtda bosh hakam shaniga namoyishkorona tarzda haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan “Surxon” U-21 futbol klubi futbolchisi Mardonbek Abduraimovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.
“Bunyodkor” U-21 – “Navbahor” U-21
U-21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Bunyodkor” U-21 – “Navbahor” U-21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 87-daqiqasida “Bunyodkor” U-21 futbol klubi futbolchisi Alijon Bekmurodov to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Bunyodkor” U-21 futbol klubi futbolchisi Alijon Bekmurodovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy chorasi qo'llanilsin.
“Qizilqum” U-21 – “Xorazm” U-21
U-21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Qizilqum” U-21 – “Xorazm” U-21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 83-daqiqasida Xorazm futbol klubi futbolchisi Dostonbek Qurbonov raqib jamoa futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani hamda maydonni tark etayotgan vaqtda zahira hakami shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62, 63-moddalariiga asosan “Xorazm” U-21 futbol klubi futbolchisi Dostonbek Qurbonovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy chorasi qo'llanilsin.
U-19 chempionati
“BuxDU” U-19 – “Surxon” U-19
U-19 chempionati 2-turi doirasidagi “BuxDU” U-19 – “Surxon” U-19 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+5-daqiqasida “BuxDU” U-19 futbol klubi futbolchisi Asadbek Bahronqulov to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining ko'krak qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “BuxDU” U-19 futbol klubi futbolchisi Asadbek Bahronqulovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) intizomiy chorasi qo'llanilsin.
“Buxoro” U-19 – “TerDU” U-19
U-19 chempionatining 2-turi doirasidagi “Buxoro” U-19 – “TerDU” U-19 uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “TerDU” U-19 jamoasi tomomidan Superliga reglamentining 9.11-bandini buzilganligi, yani “TerDU” U-19 jamoasining uchrashuvga kelmaganligi aniqlandi.
Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 53-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.



