

Uchrashuvdan so'ng Kongo DR terma jamoaning fransiyalik bosh murabbiyi Sebasten Desabr quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Bu butun Kongo DR xalqi uchun iftixor manbaidir. Bizda ko'plab muxlislar borligini bilamiz va hatto bugun ham bir qancha yo'qotishlarga qaramay, ular bizni astoydil qo'llab-quvvatladi.
Butun dunyoga ma'lum bo'lsinki, Kongo Demokratik Respublikasida juda yaxshi, jasur va bardoshli o'yinchilar bor. Men o'z futbolchilarim, xodimlarim va hukumat hamda federatsiyaning doimiy qo'llab-quvvatlovidan mamnunman. Ular bayram qilishga haqli", – dedi "leopardlar" ustozi.



