

Guruh bosqichi 2-turining 38-daqiqasida Bellingem ganalik hujumchi bilan gaplashayotib, og'zini qo'li bilan yopib oldi. Gonduraslik hakam Said Martines "Real" futbolchisi tomonidan qoidabuzarlik sodir etilganini qayd etmadi.
20 iyun kuni Turkiya va Paragvay o'rtasidagi o'yinda (0:1) hakam Ivan Barton Migel Almironni Mert Myuldyurga og'zini yopib gapirgani uchun maydondan chetlatgan edi. Raqibga og'zini yopib gapirganlik uchun chetlatish qoidasi Jahon chempionati boshlanishidan oldin joriy qilingan.
Takidlash joizki, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) bayonotiga ko'ra, mojaroli vaziyatda gaplashayotganda og'zini yopib olgan futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilishi kerak. Bellingem va Ayyu o'rtasida esa mojaro bo'lmagan.
Ayrim paragvaylik manbalarning xabar berishicha, Paragvay futbol federatsiyasi FIFAga rasmiy shikoyat bilan chiqib, yangi qoidaning noizchil qo'llanilayotganini bildirgan. Xabarlarga ko'ra, maktubda Angliya va Gana o'rtasidagi o'yinda, xususan, Bellingem va Ayyu ishtirokidagi epizodda yangi meyorning qayta-qayta buzilgani tilga olingan.
"As" nashrining yozishicha, FIFAdagi manbalarga hech qanday shikoyat kelib tushmagani ma'lum, Paragvaydan ham rasmiy bayonot berilmagan. Agar shikoyat kelib tushsa, FIFA ikkala incidentni ham ko'rib chiqishga majbur bo'ladi.
Shu bilan birga, Federatsiya Bellingemning chetlatilmaganidan norozi. "Qoida barcha jamoalarga bir xilda qo'llanilishi kerak, aks holda u o'z obro'sini yo'qotadi", - dedi Paragvay futbol federatsiyasiga yaqin bo'lgan "As" manbasi.



