Koman "Bavariya"dan ketmoqchi. Vingerga "Arsenal", "Tottenxem" va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda

Alisher Ostonov
12 apr 2025
Kingsli Koman "Bavariya"ni tark etmoqchi.

28 yoshli vingerga "Arsenal", "Tottenxem" va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, "Tottenxem" uning yuqori maoshi tufayli kutish poziciyasini egallagan. Saudiya klublari esa Komanga jiddiy qiziqish bildirmoqda va Myunxenga tashrif buyurib, "Bavariya" bilan muzokaralar o'tkazmoqchi.

Koman bu mavsumda Bundesligada 22 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/Plettigoal