Klopp Osiyo jamoasini boshqarishi mumkin

Khoja
30 sen 2025
"Al Ittihod" Yurgen Kloppni murabbiylikka qaytarishni reja qilgan.

Saudiyaliklar germaniyalik mutaxassisga rad etib bo'lmas shartnoma taklif qilishni maqsad qilgan. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Al Ittihod"ni boshqarishga Xavi va Luchano Spalletti kabi nomdor murabbiylar ham davogarligi haqida xabarlar tarqalgandi.

57 yoshli Klopp 2015 yildan 2024 yilgacha "Liverpul"ni boshqargan. Bungacha nemis 2008 yildan 2015 yilgacha Dortmundning "Borussiya" klubida ishlagan. U 2025 yil 1 yanvardan beri "Red Bull" futbol tarmog'ining global rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com