“Al Ittihod” “Benfika” futbolchisini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
3 sen 2026, 19:50
“Al Ittihod” “Benfika” yarim himoyachisi Richard Rios bilan ijara shartnomasini imzoladi.

Bitim 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

26 yoshli kolumbiyalik futbolchi 2025 yilning iyulidan beri Portugaliya jamoasi safida to'p tepib kelmoqda. Uning “Benfika” bilan kelishuvi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 45 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: slbenfica.pt