Kimmixning "Bavariya" bilan yangi shartnomasi bo'yicha hujjatlar tayyor. Kelishuv 2029 yilgacha mo'ljallangan

Alisher
10 mar 2025
"Bavariya" va Yozua Kimmix yangi kelishuvga yaqin turibdi.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, 30 yoshli yarim himoyachining yangi shartnomasi bo'yicha barcha hujjatlar imzolanishga tayyor.

Kimmix "Bavariya" bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytiradi.

Futbolchi Myunxen klubida 2015 yildan buyon o'ynamoqda. "Bavariya" tarkibida Kimmix 8 marta Germaniya chempioni bo'lgan, shuningdek, 2019/20 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.


AlisherMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano